Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosarlari soni bittaga ko‘payadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 3 iyundagi “Samarqand viloyati hokimligi boshqaruvi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 342-son qaror qabul qilindi. Qaror bilan viloyat hokimligi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi.

Birinchidan, Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimi joriy etiladi.

Ikkinchidan, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi etib qayta nomlanadi.

Quyidagilar Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbarining asosiy vazifalari etib belgilandi: 

•    mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish;
•    sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar o‘tkazish, xorijiy davlatlarning ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish;
•    elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish, ichki bozorni yuqori sifatli milliy elektrotexnika mahsulotlari bilan to‘ldirish va uning eksport geografiyasini, jumladan turli axborot resurslari va ko‘rgazma tadbirlarida milliy brendlarni ilgari surish va elektrotexnika sanoati korxonalarining salohiyatini namoyon etish orqali kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
•    to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy elektrotexnika va elektrmaishiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish.

Tegishli vazirliklar va idoralarga Samarqand viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xom ashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash orqali innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

38

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing