Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
02 aprel
7790Husan Mirzayevich To‘xtayev Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Husan To‘xtayev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha esa u Samarqand davlat universiteti yoshlari yetakchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. 24 fevral kuni esa Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sardor Polvonov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.
LiveBarchasi