Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
17 iyul 2021
7218Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasida Jamshid Temurovich Haydarov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida faollar ishtirokidagi yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va bu vazifaga Jamshid Haydarov tayinlanishini aytgandi.
Shu paytga qadar ham “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi dereksiyasiga rahbarlik qilib kelgan Jamshid Haydarov 1975 yilda tavallud topgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
LiveBarchasi