Samarqand viloyat SSB boshlig‘ini poraxo‘rlikda ayblagan shaxs qamoqqa olindi
Jamiyat
−
31 dekabr 2021
10120Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i 80 ming dollar pora olayotganda ushlangani xabar tarqaldi. Samarqand viloyati IIB bu xabar yolg‘on ekanini va ushbu xabarni tarqatgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 dekabr kuni fuqaro R.X. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda “Glav vrach bo‘lish 80 000 AQSH dollari...” nomli sarlavha ostida maqola qo‘yib, Samarqand viloyati SSB boshlig‘i Davronbek Xusainboyevich Jumaniyazovni o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblagan. Ayblovga ko‘ra, Samarqand viloyatida bosh shifokorlik lavozimiga ishga tayinlanish uchun Boshqarma boshlig‘i Davronbek Jumaniyazov birovdan 80 000 AQSH dollari olganligi, mazkur holat bo‘yicha unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi haqida yolg‘on xabarni tarqatib, unga nisbatan tuxmat qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi