Samarqand shahri Xavf ostida bo‘lgan butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilmadi
Jamiyat
−
05 iyul 2019
5784Kecha, 4 iyul kuni YUNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining (BMQ) Ozarbayjonning Baku shahrida o‘tayotgan 43-sessiyasida O‘zbekiston tomonining “Buxoroning tarixiy markazi” va “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” ob’ektlarining saqlanganligi to‘g‘risida taqdim qilgan hisobotlari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekison Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Mazkur hujjatlar asosida qabul qilingan qarorlarda O‘zbekiston rahbariyatining butunjahon merosi ob’ektlarini himoya qilish borasida ko‘rayotgan choralari, jumladan, tarixiy shaharlarda qurilish ishlarini olib borishga moratoriy e’lon qilinishi to‘g‘risididagi hukumat qarori ma’qullanadi.
YUNESKOning Buxoro shahri bo‘yicha rezolyutsiyasida Butunjahon merosi ob’ekti bo‘yicha Boshqaruv qo‘mitasi va yuzaga keladigan muammolarni hal etish uchun Idoralararo maqsadli guruhning tashkil etilganligi mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Butunjahon merosi markazi hamda Yodgorlik va qadamjolarni saqlash bo‘yicha xalqaro kengash (IKOMOS)ning Buxoro shahri borasidagi tavsiyalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston tomoni sezilarli ishlarni amalga oshirgan. Xususan, xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda shaharni saqlash bo‘yicha zaruriy hujjatlar tuzib chiqildi. Ular yaqin orada YUNESKOga taqdim etiladi.
Samarqand borasidagi hujjatda BMQ Butunjahon merosi markazi va IKOMOS`ga 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitini o‘tkazish uchun O‘zbekiston tomonining infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarini “ustuvorlik asosida” ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.
Mazkur band shaharni rivojlantirish borasida hozirda xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan rejalarning tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Rezolyutsiyaga Samarqand shahrini Xavf ostida bo‘lgan butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida xech qanday qoida qo‘shilmadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr