Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Baxtiyor Normatov Samarqand shahrining yangi prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 22 may kuni viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Unda viloyat prokurori ko‘p yillar shahar prokurori bo‘lib faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Samarqand shahar prokurori etib tayinlangan adliya maslahatchisi Baxtiyor Ismatullayevich Normatovni jamoaga tanishtirgan.

Baxtiyor Normatov tayinlovga qadar Narpay tuman prokurori vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Otabek Akbarovich Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Samarqand Baxtiyor Normatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing