Samarqand shahri “Samarqand sity” sabab YUNESKO ro‘yxatidan o‘chirilishi mumkin
Jamiyat
−
29 iyun 2019
9880Joriy yilning 30 iyun kunidan 10 iyuligacha Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida YUNESKO qoshidagi Butunjahon merosi qo‘mitasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu sessiyada “Sharq gavhari” hisoblanmish Samarqand shahrining tarixiy hududlari YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatidan o‘chirilishi mumkin. Bu haqda sessiya uchun tayyorlangan hisobotda ma’lum qilingan.
Unda qayd etilishicha, Shaharning tarixiy markazida barpo etilayotgan ko‘pqavatli yangi binolar madaniy qiymatga ega tarixiy binolarga zarar yetkazmoqda.
Shuningdek, 2022 yilda Samarqandda tashkillashtiriladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sessiyasi uchun barpo etiladigan yangi mehmonxonalarning joylashtirilishi, uning uchun maydonlar ajratilishi hanuz YUNESKO bilan kelishilmagani qayd etilgan.
Butunjahon merosi markazi, IKOMOS va IKKROMning tahlili va xulosalarida turli-tuman infrastruktura va turistik ob’ektlarning qurilishi rejasi, jumladan, SHHT-2022 sammitini o‘tkazish uchun zarur binolar va ko‘pfunksiyali "Samarqand sity" loyihasi ob’ekt, bufer zonasi uning tashqarisida buzish va qayta rejalashtirish ishlari o‘tkazilishi ularni tashvishga solmoqda.
Qo‘mitaning so‘rovlariga qaramasdan, Qo‘mita va Butunjahon merosi markaziga ustuvor umumjahon qiymatga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan restavratsiya va yangi qurilish ishlari bo‘yicha qaror chiqarishdan avval bildirish jarayoniga belgilangan tarzda rioya qilinmagan.
Shunday qilib, taklif etilayotgan va joriy loyihalarning tezligi, shuningdek, SHHTning 2022 yilgi sammitigacha qurib bitkazish zaruriyati yetarli tarzdagi boshqaruv prinsiplari, yo‘riqnomalari va vositalari yo‘qligi bilan birgalikda ob’ektning OUV (Outstanding Universal Value) — ustuvor umumjahon qiymatiga tahdid uyg‘otmoqda, deyiladi xulosada.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr