Samarqand davlat tibbiyot universiteti THE reytingiga kirgan O‘zbekistondagi ilk tibbiyot oliygohi sifatida e’tirof etildi
Biznes
−
19 iyun 3671 1 daqiqa
Samarqand davlat tibbiyot universiteti – tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari orasida THE reytingiga kirgan birinchi O‘zbekiston oliygohi sifatida e’tirof etildi
Dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tizimlaridan biri hisoblangan Times Higher Education (THE) tomonidan 2025 yil uchun e’lon qilingan THE Impact Rankings 2025 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilk bor dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari (601–800 o‘rinlar oralig‘i) ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi.
Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sezilarli darajada yuqoriladi:
- Yaxshi salomatlik va farovonlik 77;
- Sifatli ta’lim 101-200;
- Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik 101-200;
- Qashshoqlik yo‘q 301-400;
- Gender tenglik bo‘yicha 301-400;
Samarqand davlat tibbiyot universitetining ushbu reytingda sezilarli darajada yuqorilashi oliygohda ta’lim jarayoni va yaratilgan sharoitlarning jahon standartlari darajasida ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.
Reklama huquqi asosida
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr