Samarqandlik tadbirkor va uning o‘g‘li nega hibslandi?

Jamiyat

image

Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan taniqli tadbirkor, qurilish kompaniyalaridan birining rahbari Umar Rajabov, uning o‘g‘li Ruslan Rajabov va boshqalar hibslandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MCHJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, O.R. “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MCHJni ta’sis etib, norasmiy ravishda boshqarib kelib, F.F., Sh.A., R.R. va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, jamiyatga Samarqand shahrining tegishli qismlarida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, fuqarolar N.K., Ch.A., R.A. ko‘rsatilgan manzilga ko‘p qavatli uy-joy qurishini aytib, ularni aldab, firibgarlik yo‘li bilan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ini ko‘lga kiritgan. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

2019 yil 11 fevral kuni O.Rajabov, R.Rajabov, F.Fayziyev va Sh.Ablakulovlar JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

2019 yil 13 fevralda O.R., R.R., F.F. va Sh.A.larga JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida, 189-moddasida, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida va 228-moddasi 3-qismi bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tadbirkor

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing