Samarqandda mudhish YTH: ikki kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Samarqandda Nexia avtomobili Volvo rusumli ekskavator ishtirokida mudhish YTH qayd etildi. Natijada ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Hodisa joriy yilning 11 fevral kuni soat taxminan 06:00 da sodir bo‘lgan. Fuqaro M.M. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani “Jomboy-Eshimoqsoq” 4P-48 yo‘lining 11 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.D.  boshqaruvidagi Volvo rusumli ekskavatorga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, Nexia rusumli avtomashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchisi M.H.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish,  odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing