Samarqandda yemakxonalarga yaroqsiz go‘sht tarqatilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi umumiy ovqatlanish shaxobchalariga iste’molga yaroqsiz parranda go‘shti tarqatilgani ma’lum bo‘ldi.

“Zarafshon” gazetasining yozishicha, mazkur parranda go‘shtlarini Oqdaryo tumanidagi "Ulug‘bek" mahallasida yashovchi Umar Ortiqov Urgut tumanidan olib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, u parranda go‘shtini yetkazib berish faoliyati bilan doimiy shug‘ullangan bo‘lsa-da, tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirmagan.  

Joriy  yilning 22 fevral kuni u Loyish shahridagi "Sharq" kafesiga bir necha qutida (bir qutida 18-20 ta) tovuq go‘shti olib keladi. Mahsulotning sifatidan  shubhalangan kafe xodimlari uni olishdan bosh tortgach,  U.Ortiqov go‘shtni shaharchaning "O‘zbekiston" ko‘chasida joylashgan  boshqa oshxonaga keltiradi.  

Lekin oshxona bekasi Bahora Abduhamidova tovuq go‘shtini ko‘rib, iste’molga yaroqsizligini ko‘radi, orada kelishmovchilik  kelib chiqadi. Natijada B.Abduhamidova Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Oqdaryo tuman jamiyatiga shikoyat arizasi bilan  murojaat qiladi.

Murojaatga muvofiq, parranda go‘shti laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, unda inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlangan. Tarqatilgan parranda go‘shti zudlik bilan tegishli tartibda yo‘q qilingan. 

Fuqaroga  tegishli chora ko‘rilishi uchun hujjatlar tayyorlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgani xabar qilinmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

parranda go'sht samarqand

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing