Samarqandda 16 yashar bola tuzlamadan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida 16 yoshli o‘spirin tuzlamadan zaharlanib, hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Urgut tumanida yashovchi R.S.ismli ayol uyida kechki ovqat vaqtida, oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salat (marinovannыye)ni iste’mol qilib, oilaviy zaharlangan.

Natijada ular shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16 yoshli nabirasi D.D. vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand zaharlanish

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing