Samarada yana 400 dan ortiq o‘zbekistonlik to‘plandi
Olam
−
21 avgust 2020
9354Rossiyaning turli mintaqalarida ishlovchi O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytish ilinjida yana Qozog‘iston bilan chegaradosh Samara viloyatiga to‘planyapti. Bu safar ular aynan chegaraga yaqin joyga emas, Kinel temir yo‘l stansiyasi yaqinida yig‘ilyapti. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Kinel Samara shahridan sharqda joylashgan, biroq Qozog‘iston chegarasigacha masofa uzoq. B yerga Rossiyaning turli shaharlaridan o‘zbekistonliklar kelyapti. Aynan shu yerdan poyezd migrantlarni O‘zbekistonga qaytarishi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Hozirgacha Kinelga 400 nafardan ko‘proq odam to‘plangan. Ular perron va Kinel stansiyasining vokzali binosiga joylashgan. Ammo ularni olib ketish uchun poyezd borishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Mahalliy OAVning ta’kidlashicha, ularni Samaraga olib kelayotgan taksichilar ham o‘zbekistonlik. Ular hamyurtini poyezdga chiqarib yuborishni va’da qilib, ulardan 20 ming rubl olgach, yo‘l o‘rtasida tashlab ketadi.
Avvalroq, Samara va Orenburg viloyatlarida Qozog‘iston bilan chegara yaqinida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun poyezdlar yo‘lga qo‘yilgandi.
LiveBarchasi