Samarada o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchrashdi
Jamiyat
−
20 iyun 2019
3084O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilning 17 iyun kuni soat 19:00da Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 kishi, jumladan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, barcha jarohatlanganlar Tolyatti shahar klinik kasalxonasiga olib berilgan.
Bosh konsulxona Samara viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
LiveBarchasi