Samarada ag‘darilib ketgan avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgani aytildi
Olam
−
09 aprel
6603Avvalroq, Rossiyaning Samara viloyatida o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani va oqibatda ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Endilikda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan. Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketdi. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va hozirda tibbiyot muassasalarida.
Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga borgan. Bu borada elchixona xodimlari Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani bildirilgan.
“Vaziyat alohida nazorat ostida. Agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi: +7 843 526 55 63; elektron pochta manzili: kaz.uzconsulate@mfa.uz”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. 4 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi. 5 aprel kuni soat 03:00 larda YTH qurbonlarining jasadlari Surxondaryo viloyatiga olib kelindi.
LiveBarchasi