Samara va Yekaterinburgdan 1,6 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2020
3439Rossiyaning Samara va Yekaterinburg shaharlaridan 1 681 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar o‘zbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.
Mazkur poyezd bugun, 15 sentbr kuni erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.
Shuningdek, 847 nafar fuqaro bilan 12 sentyabr kuni Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.
LiveBarchasi