Samara karantinga olindi
Olam
−
27 may
16111Rossiyaning Samara shahrida brutsellyoz epidemiyasi aniqlandi. Shaharning Kuybishevskiy tumani aholisiga karantin cheklovlari haqida xabar berildi. Bu haqda “Samara Onlayn” xabar berdi.
Malta, Kipr yoki Gibraltar isitmasi deb ham ataladigan brutsellyoz brusella bakteriyalari keltirib chiqaradigan xavfli kasallikdir. Bu kasallik go‘sht, sut, pishloq kabi qayta ishlangan hayvonot mahsulotlari orqali odamlarga yuqishi mumkin. Infeksiya kasal hayvonlar, jumladan qo‘ylar, echkilar, sigirlar, itlar va boshqalar bilan aloqa qilishda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Brutsellyozning belgilari kasallikning shakliga qarab turli yo‘llar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. O‘tkir brutsellyoz yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, holsizlik, qusish, ich ketishi, mushak va bo‘g‘imlarning og‘rig‘i, shuningdek, toshma va limfa tugunlarining shishishi bilan boshlanadi. Kasallikning surunkali shaklida artrit, markaziy asab tizimining shikastlanishi, gepatit, xotira buzilishi va harakatni muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqa jiddiy asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.
Brutsellyozning inkubatsiya davri bir haftadan besh oygacha bo‘lishi mumkin, bu esa tashxisni qiyinlashtiradi. Brutsellyozni davolash yuqumli kasalliklar shifoxonalarida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi