Salom, Amerika: yuzlab afg‘on qochqinlari hech qanday hujjatsiz AQSH bazalarini tark etmoqda

Olam

image

AQSHning bir qancha shtatlaridagi harbiy bazalarga vaqtincha joylashtirilgan afg‘on qochqinlari Amerika hukumati tomonidan kerakli migratsiya va boshqa hujjatlar berilishini kutmay, ushbu lagerlarni tark etmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, harbiy bazalarni tark etgan afg‘on muhojirlarining soni qariyb 700 ga yetgan va oshib bormoqda. Endilikda, hujjatsiz muhojirlar AQSHda tibbiy yordam olish, ish topish, pensiya olish hamda uy-joy va ta’lim masalasida qiyinchiliklarga duch keladi. 

Ismi oshkor qilinmagan AQSH immigratsiya xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar o‘zlariga juda ko‘p muammolarni keltirib chiqarmoqda va ularni hal qilish uchun yillar talab qilinishi mumkin.

U.S. Military Police walk past Afghan refugees at the Village at Fort McCoy U.S. Army base, in Wisconsin, U.S., September 30, 2021. Barbara Davidson/Pool via REUTERS

Agentlikning yana bir suhbatdoshiga ko‘ra, qochqin afg‘onlar Amerikaning hech qanday qonunlarini buzmayapti.

“Na huquqni muhofaza qilish organlari, na harbiylar bu odamlarning o‘zlari joylashgan armiya kazarmasini tark etishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Aslida, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu jumladan, mahalliy aholi och, uysiz afg‘onlarga duch kelishi mumkin. Bundan tashqari, ularning ba’zilari harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va janglarda qatnashgan”, deydi nashr manbasi.

Ma’lumot o‘rnida, hammasi bo‘lib, Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan 53 mingga yaqin afg‘on Amerikaning sakkizta harbiy ob’ektiga joylashtirilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Qurolli kuchlari Afg‘onistondan 124 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan. Buning qanchadir qismini AQSH fuqarolari tashkil qilgan va yana qanchadir qismi boshqa davlatlarga joylashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi

An Afghan refugee stands outside temporary housing at Fort McCoy U.S. Army base, in Wisconsin, U.S., September 30, 2021. Barbara Davidson/Pool via REUTERS

Afghan refugee girls watch a soccer match near where they are staying in the Village at the Fort McCoy U.S. Army base, in Fort McCoy, Wisconsin, U.S., September 30, 2021. Barbara Davidson/Pool via REUTERS


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing