Salohsiz “Liverpul” Milanda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 9 dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Liverpul” jamoasi Milanda “Inter” mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Markaziy o‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchrab kelayotgan mersisaydliklar 88-daqiqada penalti huquqiga ega bo‘ldi. Alessandro Bastonining Florian Virsga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun bosh hakam “Inter” darvozasiga penalti belgiladi. Dominik Soboslai zarbani aniq amalga oshirib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Bu “Liverpul”ning so‘nggi yetti o‘yindagi atigi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Shu tariqa, “Liverpul” Chempionlar Ligasi 6-turidan so‘ng 12 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasiga ko‘tarildi. “Inter” esa 12 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Navbatdagi turda mersisaydliklar “Marsel”ga qarshi maydonga tushsa, milanliklar “Arsenal” bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh APL doirasidagi “Lids Yunayted”ga qarshi bahsda ketma-ket uchinchi marta zaxirada qolgani sababli bosh murabbiy Arne Slot va klub rahbariyatidan norozi ekanini bildirgandan so‘ng ushbu uchrashuv uchun tuzilgan qaydnomaga kiritilmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saloh “Liverpul'” Chempionlar Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing