Saloh “Liverpul” tarkibidan tushib qoldi

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bugun, 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi “Inter”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Futbolchi milanliklarga qarshi uchrashuv uchun tuzilgan qaydnomaga kiritilmagan.

Saloh APL doirasidagi “Lids Yunayted”ga qarshi bahsda ketma-ket uchinchi marta zaxirada qolgani sababli bosh murabbiy Arne Slot va klub rahbariyatidan norozi ekanini bildirgan edi.

Misrlik futbolchi joriy yil aprel oyida “Liverpul” bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, OAV xabarlariga ko‘ra, yanvar oyidagi transfer oynasida uning klubni tark etishi mumkinligi aytilmoqda.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klublari uzoq yillardan beri Salohga jiddiy qiziqish bildiradi. O‘tgan mavsumda u mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida Saudiya jamoalari bilan muzokaralar bo‘lgani, biroq “Liverpul” bilan shartnoma yangilangach, transfer amalga oshmaganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Saloh jamoasining APLdagi so‘nggi ikkita o‘yinida zaxira o‘rindig‘ida qoldirilganidan so‘ng klubdagi holatdan noroziligi va buni fonida Saudiya Arabistoni Superligasi mutasaddilari yanvar oyida Salohni nisbatan arzon narxda sotib olishlariga ishonayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Saloh “Liverpul'” Arne Slot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing