Jiddiy ayblovlar bilan kurashayotgan “Siti” “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
09:07 456 2 daqiqa
Kecha, 11 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasining oltinchi turida “Manchester Siti” safarda “Liverpul”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Liverpuldagi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi. Bu uning “shaharliklar” safidagi ketma-ket 3 bor zaxira o‘rindig‘ida qolishi bo‘ldi. Uchrashuvda Erling Holand 65-daqiqada hisobni ochdi. 68-daqiqada Jeremi Doku ikkinchi golni kiritgan bo‘lsa, 78-daqiqada Rayan Cherki “Manchester Siti”ning uchinchi goliga mualliflik qildi.
“Liverpul” yarim himoyachisi Rayan Gravenberx 62-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Liverpul” esa 9 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Ipsvich”ni qabul qiladi, “Liverpul” esa safarda “Brentford” bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv joriy yilning 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Shuningdek, ushbu hafta Chempionlar ligasining asosiy bosqichi doirasidagi o‘yinlar ham o‘tkaziladi. “Manchester Siti” joriy yilning 14 oktyabr kuni o‘z maydonida “Pari Sen-Jermen” bilan to‘qnash keladi, “Liverpul” esa shu kuni safarda LASK jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi