Saloh yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
24 fevral 4341 1 daqiqa
“Liverpul” vingeri Muhammad Saloh “mersisaydliklar” futbolchilari orasida Angliya chempionati joriy mavsumida golli uzatma berish bo‘yicha rekordni yangiladi. Bu haqda “SquawkaÐ xabar berdi.
Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (2:0) Saloh gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Bu golli uzatma vinger uchun joriy mavsum Angliya chempionatidagi 16-assist bo‘ldi. U 1995-96 yilgi mavsumda Stiv Makmanamanning 15 golli uzatma rekordini yangiladi.
Joriy mavsumda 32 yoshli Muhammad Saloh klub safida barcha turnirlar doirasida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, APLda ortda qolgan 26 ta turdan keyin “Liverpul” 64 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan “Manchester Siti” esa 44 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan.