Saloh Runidan o‘zib ketdi

Sport

image

4 dekabr kuni “Liverpul” Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Nyukasl”ni qabul qilib, 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu o‘yinda mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh dubl qayd etdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa misrlik futbolchi gol+pas amalga oshirgan o‘yinlar soni bo‘yicha Angliya chempionatining mutlaq rekordini o‘rnatdi. Hujumchi 37 ta o‘yinda ikki yoki undan ortiq samarali harakatni amalga oshirdi. 

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Saloh angliyalik afsonaviy futbolchi Ueyn Runini quvib o‘tdi. Runi 36 ta o‘yinda ikki yoki undan ortiq samarali harakatni amalga oshirgan. 

E’tiborlisi, Saloh angliyalik futbolchidan APLda 214 ta kam o‘yin o‘tkazdi.

Joriy mavsumda Saloh klub safida barcha turnirlarda 21 o‘yin o‘tkazib, 15 gol urdi va 12 golga hammualiflik qildi. Misrlik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh Ueyn Runi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing