Saloh koronavirusdan sog‘aydi

Sport

image

Misrlik futbolchi Muhammad Salohning koronavirusga topshirgan testi manfiy natija ko‘rsatdi. Bu haqda "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma’lumot bergan. 

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Salohning sog‘ayganiga shubha yo‘q. 

Kloppning ta’kidlashicha, "Liverpul" jamoasi Chempionlar Ligasi oldidan koronavirusga test topshiradi va Saloh ham jarayonda ishtirok etadi. 

Shuningdek, Klopp Saloh bugundan mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Salohning koronavirus yuqtirgani 13 noyabrda ma’lum bo‘lgandi.

Joriy mavsumda 28 yoshli misrlik futbolchi Angliya Premer-ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.

Saloh 2017 yildan beri “Liverpul”da to‘p suryapti. Qizillar tarkibida u Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chemonati g‘olibi bo‘lgan. Bundan oldingi mavsumda Saloh jamoasi bilan Angliya chempioni bo‘ldi.

Avvalroq, "Liverpul" "PSJ" futbolchisi Kilian Mbappe uchun o‘zining top o‘yinchilaridan birini sotishga tayyorligi haqida xabar bergandik. Ular orasida Saloh ham bor edi.

Angliya Premer-ligasining to‘qqiz turidan so‘ng, "Liverpul" 20 ochkoga ega va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS SALOH

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing