Saloh faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
18 iyul 997 1 daqiqa
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi misrlik hujumchi Muhammad Salohning transferi bo‘yicha ijobiy muzokaralar olib bordi. Bu haqda jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘li ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazib, ehtimoliy kelishuvning moliyaviy shartlarini muhokama qilgan. Avvaliga Saloh yiliga 15 million yevro maosh olishni talab qilgan, ammo keyinchalik “Beshiktosh”ga o‘tish uchun o‘z talablarini pasaytirgan.
Futbolchining vakili muzokaralarni davom ettirish maqsadida Istanbulga yetib borgan.
Xabarlarga ko‘ra, “Beshiktosh” Salohga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan bir yillik shartnoma hamda yiliga 12 million yevro maosh taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Muhammad Saloh 2017 yildan buyon “Liverpul” safida to‘p surib kelgan va joriy yozda klubni erkin agent sifatida tark etdi. U “qizillar” bilan ikki marta Angliya chempionligini, Angliya kubogi, Liga kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Misr terma jamoasi safida esa u 119 ta o‘yinda ishtirok etib, 66 ta gol muallifi bo‘lgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida Misr 1/8 finalga qadar yetib bordi va ushbu bosqichda Argentinaga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Live
Barchasi