Saloh faoliyatini Fransiyada davom ettirmoqchi

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh  Fransiyaning PSJ klubi bilan muzokaraga kirishdi. Bu haqda “TalkSPORT” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Salohni kelasi yozda erkin agent sifatida Parijga jalb etishga umid qilmoqda. Saloh va “Liverpul” uzoq vaqtdan beri muzokaralar olib borgan va futbolchi Liga 1 da o‘ynash g‘oyasiga ochiq.

Salohning shartnoma holatini hisobga olsak, Misr terma jamoasining 32 yoshli futbolchisi 1 yanvardan boshlab PSJ bilan dastlabki kelishuvga erisha oladi.

Bir kun avval “Manchester Siti” ustidan qozonilgan 0:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Saloh tugatayotgan shartnomasi uni ta’qib qilayotganini tan oldi. 

Ma’lumot uchun, Saloh Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 13 ta o‘yinda 11 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchining transfer qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Liverpul' Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing