Saloh APL futbolchilari orasida YeCHL rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 12 oktyabr kuni Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasida “Reynjers”ga qarshi o‘yinda (7:1) 6 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi. Shu tariqa, Salohning CHLda kiritgan gollari soni 38 taga yetdi. Angliya Premer ligasi klublarida harakat qilgan hech qaysi futbolchi Salohdan ko‘p gol urmagan. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, misrlik futbolchidan oldingi eng yaxshi natija Dide Drogba (“Chelsi”) va Serxio Agueroga (“Manchester Siti”) tegishli  bo‘lgan. Ularning ikkisi ham Chempionlar ligasida 36 tadan gol urgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Muhammad Saloh “Liverpul”safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali misrlik iqtidor egasini 90 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Saloh “Liverpul'”

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing