Saloh APL afsonalarining natijasini takrorladi
Sport
−
14 fevral 2025 2216 1 daqiqa
“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining sobiq futbolchilari Alan Shirer, Terri Anri va Robin van Persining noyob yutug‘ini takrorladi. APLdagi so‘nggi 100 ta o‘yinda Saloh 100 ta samarali harakatni amalga oshirdi (62 ta gol va 38 ta golli uzatma).
Salohgacha bu natijag faqat Anri, van Persi va Shirer erishgan edi.
Misrlik futbolchi “Liverpul”da 2017 yilning yozidan buyon to‘p surmoqda. “Qizillar” bilan hujumchi Angliya Premer-ligasi, ichki kuboklar, Yevropa Chempionlar ligasi va FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Joriy mavsumda Saloh klub safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” 50 million yevroga baholayotgan 32 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi shu yil yozida nihoyasiga yetadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025