“Salimboyvachcha”ga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Xalq orasida "Salimboyvachcha" nomi bilan mashhur Salim Abduvaliyev 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan yopiq sud majlisida Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 2-bandi bilan (noqonuniy qurol-yarog‘ saqlash) aybdor deb topilgan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilangan. Sud ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati yuborilishi kutilmoqda.

Sud hukmi taxminan 19 mart kuni o‘qilgani aytilmoqda. Ammo shu paytgacha bu haqda rasmiy axborot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev (“Salimboyvachcha”) O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, Salim Abduvaliyevning noqonuniy qurol saqlayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

qamoq hukm Salimboyvachcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing