Salah, Mane, Hakimi... Afrika kubogining chorak finalchilari ma’lum

Sport

image

Kecha, 26 yanvar kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar kubogi chorak finalining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, bilan, Sadio Mane yetakchiligidagi Senegal Ekvatorial Gvineya bilan, Muhammad Salah sardorligidagi Misr esa tarkib jihatdan qit’aning eng yaxshi terma jamoalaridan biri hisoblangan Marokashga qarshi to‘qnash keladi. Shuningdek, Burkina-Faso – Tunis va Gambiya – Kamerun uchrashuvlari o‘tkaziladi.  

Chorak final o‘yinlari joriy yilning 29-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Yarim final bahslari esa 2-3 fevral kunlariga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, turnirning amaldagi g‘olibi Jazoir hisoblanadi. “Sahro tulkilari” finalda Senegal terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan.

Ma’lumot uchun, “Afcon”dagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi Misr terma jamoasi bo‘lib, 7 marta turnirda g‘olib chiqqan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 5 ta titulga ega Kamerun egallab turibdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Mane Hakimi Salah Afrika Millatlar kubogi Afcon

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made