Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin – Gavrdiola Kloppga ishonmasligini aytdi

Sport

image

Muhammad Saloh va Sadio Mane Afrika Millatlar kubogidagi ishtiroki sabab, “Liverpul”ning uchta uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Saloh va Mane qit’a birinchiligiga ketishlaridan oldin “qizillar” ularsiz qiynalishi aytilgandi. Ammo ikki yetakchisiz o‘tkazilgan uchta uchrashuvda “Liverpul” g‘alabaga erishdi.

APLning 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Liverpul” Diogu Jotaning ikki goli evaziga “Lester” jamoasini taslim qilishning uddasidan chiqdi. Saloh va Mane yo‘qligida Jota mersisaydliklarning haqiqiy erkatoyiga aylanib ulgurdi. To‘purarlar  poygasida ham Muhammad Salohdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

“Lester”ga qarshi uchrashudan so‘ng “qizillar” ustozi Yurgen Klopp chempionlik haqida fikr bildirdi:

“Men biz ularni  (“Manchester Siti”)  oyoq osti qilib tashlashimizga ishonmayman.  Bizda deyarli imkoniyat yo‘q. Lekin bu bizga eng yaxshi mavsumlarimizdan birini o‘tkazishga halal bermaydi”, deb fikr bildirgan germaniyalik mutaxassis.

Bugun APLning 25-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan, “Norvich”-“Manchester Siti” uchrashuvida oldidan, Xosep Gvardiola Kloppning fikrlariga munosabat bildird:

“Men unga ishonmayman. Agar, u rostan ham chempionlik mumkin emas, deb o‘ylasa, o‘zi kabi raqib bo‘lmaydi. Albatta, u ishonadi. Bu futbol, unda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. U biladiki, oldinda juda ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozonishi kerak. Xuddi shuningdek, biz ham yana chempion bo‘lishni xohlasak, ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz lozim”, deya ta’kidlab, hamkasbining so‘zlariga ishonmasligini aytgan Xosep Gvardiola.

Fikrlari davomida ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola “Liverpul” jamoasini va Kloppni raqobatchi sifatida hurmat qilishini ko‘rsatdi:

“Ikki jamoa ham o‘tgan yillar davomida aql bovar qilmas darajada harakat qildi. Ketma-ket g‘alabalarga erishdi. Ikkalasining murabbiylari, jamoalari va g‘oyalari bir xil (g‘alaba qozonish). “Liverpul” ham, “Manchester Siti” ham 16-17 talab o‘yinlarni yuta oladi. Ular chempion bo‘la oladilar. Shuningdek, biz ham buni amalga oshirolamiz”, deya fikrlarini yakunlagan “Manchester Siti” ustozi.

Ma’lumot o‘rnida, APLning 24 ta turidan keyin “Manchester Siti” 60 ochko jamg‘argan holda, jadvalda yaqqol yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda boryotgan “Liverpul” jamoasida 51 ochko bor. Lekin Klopp jamoasi hisobida bitta zaxira o‘yini va aprel oyida “shaharliklar” bilan to‘qnashuv bor. Shuning uchun, “qizillar”ni poygadan chiqarishga biroz erta. Hammasi o‘zgarib ketishi mumkin.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saloh Mane Klopp Gavrdiola

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing