Klopp “Real”ning taklifini rad etganidan afsusda
Sport
−
06 may 5591 1 daqiqa
“Liverpul”ni boshqargan germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp “Real” rahbarlariga klubni boshqarish taklifidan bosh tortgani uchun afsusda ekanligini aytdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, endi Kloppni “qaymoqranglilar” o‘z safiga taklif qilish dargumon, chunki Madridning top-klubi “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan. U jamoa bosh murabbiyi sifatida italiyalik Karlo Anchelottini o‘rnini egallaydi.
Bu mavsumda “Real Madrid” Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasida omadsizlikka uchradi. Jamoa La Ligada g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega, biroq buning uchun 11 may kuni “Barselona”ni mag‘lub etishi va Kataloniya klubini ochko yo‘qotishini kutishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Anchelotti bilan iste’fo masalasida kelishib olgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi