Afrika kubogi. Tartibsizlik oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi (video)

Sport

image

Afrika Millatlar kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan Kamerun va Komor orollari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan yuz bergan tartibsizlikda olti kishi halok bo‘lgan va 40 nafarga yaqin kishi jarohat olgan.

Fojia Kamerun mamlakatining Yaunde shahridagi stadionda sodir bo‘lgan. Biroq o‘yin bekor qilinmadi va kamerunliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi – 2:1

Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bir necha kishining ahvoli o‘ta og‘ir darajadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs qiziqarli holatlar bilan ham yodda qoldi. Dastlab, Komor Orollarining 12 nafar futbolchisi, jumladan har uchala darvozaboni koronavirus tufayli maydonga tusha olmadi. Chap qanot himoyachisi darvozabon sifatida o‘ynadi va libos raqami o‘rniga “skotch” bilan 3 raqami yopishtirilgan. O‘yinning 6-daqiqasidayoq jamoa sardori maydondan chetlatildi. Biroq jamoa mardonavor kurashdi va muxlislar “yoqimtoyi”ga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kamerun Afrika Millatlar kubogi Komor Orollari

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing