Shifoxonada yotgan Mane sog‘ligi haqida ma’lumot berdi (foto)
Sport
−
26 yanvar 2022
3747Angliyaning “Liverpul” klubi va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane Afrika Millatlar kubogining 1/8 finalida Kabo-Verde darvozaboni bilan boshi bilan to‘qnashib ketdi va bir necha daqiqa o‘tib, shifoxonaga yotqizildi.
O‘yindn so‘ng, Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Josimar Vozinya uning holatidan xabar olish uchun borgan. Mane Instagram sahifasida bu haqda ma’lumot berdi.
“Senegal va Kabo-Verde futbolchilari maydonda va kasalxonada shunday. Men yaxshiman, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat”, deya yozgan Sadio.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaziyatdan so‘ng, darvozabon qizil kartochka olgan va 9 daqiqadan so‘ng, Mane hisobni ochgan. 70-daqiqaga kelib Mane o‘yinni davom ettira olmadi va almashtirildi.
Ma’lumot uchun, Senegal terma jamoasi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, “Afcon” turnirining chorak finaliga yo‘l oldi. Aliu Sisse shgirdlari Mali – Ekvatorial Gvineya juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.