Saqoqushni o‘ldirgan ovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
6716Jizzaxda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni vahshiylarcha o‘ldirgan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
“Hozirda, fuqaroga nisbatan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, sudga oshirish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi bayonotda.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro E.D “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimi hududida 1 dona O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan saqoqushni o‘ldirib, xayvonot dunyosiga 15 mln. so‘m zarar yetkazgani aniqlangan va holat nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov vazirlik saqoqushni o‘ldirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini aytgan edi.
LiveBarchasi