Saidov Turkmaniston Prezidentiga Mirziyoyevning salomini yetkazdi
Olam
−
27 mart
2919Bugun, 27 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirgan.
Qayd etilishicha, Saidov Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekiston rahbarining salomlarini yetkazgan.
“Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik. Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro ishonch strategik sherikligini barcha sohalarda chuqurlashtirish, hamkorlik va farovonlikni yanada barqarorlashtirishda mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda”, deya yozadi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari vazirlarining 20-uchrashuvi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Kaya Kallas hamda Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari ishtirok etgan.