Saidov Toshkentning AQSH bilan munosabatlari kelgusi taqdiri qanday bo‘lishini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Baxtiyor Saidov Toshkent AQSH bilan C5+1 doirasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchiligini aytdi. U bu haqda o‘zining Telegram’dagi sahifasida yozgan. 

Ma’lumki, bugun, 28 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada C5+1 (AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) shaklidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Saidov ham qatnashdi. 

“Bugun Ostona shahrida AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,  Turkmanistonlik hamkasblarim bilan birga C5+1 shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini o‘tkazdik. Barqaror o‘sish, yashil energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa masalalar bo‘yicha mazkur platforma doirasida o‘zaro hamkorligimizni yanada kengaytirishga kelishib oldik”, deydi Saidov ushbu uchrashuvni baholab.

Uchrashuvga mezbonlik qilgan Qozog‘istonga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH C5+1 hamkorlik formatini institutsional rivojlantirishga intilishi kerak.

Blinkenning Markaziy Osiyoga tashrifi

Kecha, 27 fevral kuni kechqurun AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ilk rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Bugun, 28 fevral kuni u Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida respublika rahbari AQSH bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini aytdi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH Tashqi ishlar idoralari rahbarlari 28 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada C5+1 formatida energetika, iqtisodiyot va terrorizmga qarshi kurash masalalari, shuningdek, xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina atrofida vaziyatni muhokama qildi

C5+1 formati Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston,  Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmi hisoblanadi. U 2015 yilda iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan. Qozog‘istondan keyin Davlat departamenti rahbari bugun, 28 fevral oqshomida Toshkentga keladi. 1 mart kuni Nyu-Dehliga jo‘nab ketadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov S5+1 Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing