Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi ikkita qonunni birlashtirmoqchi
Jamiyat
−
04 aprel 2019
7064O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilina boshladi, deb xabar berdi “Norma”.
Yangi tahrirda ikkita: “Raqobat to‘g‘risida” va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarni qo‘shib yuborish nazarda tutilgan.
Qo‘mita mutaxassislari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan alohida moddalarni kiritishni taklif qilyapti:
- raqobat prinsiplari;
- davlat ko‘magi, monopsoniya (bozordagi vaziyat, bunda yagona xaridor ko‘plab sotuvchilar bilan hamkorlik qilib, ulardagi narx va sotish hajmini belgilaydi, tahr.) tushunchasining joriy etilishi;
- raqamli bozorlar;
- savdo faoliyatini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;
- monopoliyaga qarshi komplayens (tahdidlarga qarshilik qilish va xatarlarni boshqarish tizimi, tahr.).
LiveBarchasi