Saida Rametova haqida tarqalgan gaplarga aniqlik kiritildi

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqlar – Telegram, Facebook, Instagram’da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova haqida yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ O‘zbek milliy akademik drama teatri ma’muriyati va aktrisaning yaqinlari bilan bog‘landi. 

Teatr ma’muriyati va aktrisaning yaqinlariga ko‘ra, ayni vaqtda Saida Rametova davolanishni davom ettirmoqda. Uning salomatligi joyida. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlar yolg‘on. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialida suratga tushgan Saida Rametova Toshkentga qaytgach, ko‘krak bezi saratoniga chalinganini ma’lum qilgandi. Shu zahotiyoq aktrisa davolanishni boshlagan. 

U ayni vaqtda Toshkentda. Joriy yilning 21 sentyabr kuni 63 yoshini qarshiladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan Saida Rametova "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Rametova

Baholaganlar

2863

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar