Saida Mirziyoyevaga Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish topshirildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov zimmasiga yuklatildi. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qoraqalpog‘iston aholisiga qulay sharoitlar yaratib berish uchun respublika byudjetidan yil yakunigacha qo‘shimcha 100 milliard so‘m berilishi belgilandi.

Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha va infratuzilma uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish reja qilingan. Xususan, 24 ta maktab, 5 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi.

Sanoat zonalari va yirik ishlab chiqarish ob’ektlariga infratuzilma olib borishga 353 milliard so‘m yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog'iston Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made