Saida Mirziyoyeva Venada Guterrishning o‘rinbosari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 iyun 1431 1 daqiqa
Bugun, 1 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, muloqot davomida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish masalalari hamda 2026 yil aprel oyida ushbu global muammoga bag‘ishlab o‘tkazilgan Samarqand xalqaro forumidan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga qaratilgan sayd-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildirgan. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazgan.
“Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot borasida sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Avstriyaning Vena shahrida BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi