Saida Mirziyoyeva turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Abu-Dabidagi masjidni ziyorat qildi (foto)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, kuyovi Oybek Tursunov, nabiralari va o‘g‘li Alisher Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi. Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ukasi bilan Abu-Dabidagi masjidni ziyorat qilganini ma’lum qildi. 

"Turmush o‘rtog‘im, farzandlarim va ukam Alisher bilan Shayx Zayd masjidini ziyorat qildik. Muqaddas ziyoratgohda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, oilamiz mustahkamligi va do‘stlarimiz sog‘ligini so‘rab duo qildik", deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva 16-17 fevral kunlari Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad ben Rashid Al Maktum rahbarligida tashkil etilgan Butunjahon ayollar forumida ishtirok etish uchun BAAga borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

1280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing