Ashxobodda uch mamlakat prezidentlari qizlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
16:33 2991 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Ashxobod shahrida G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Muloqotlarimiz yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy g‘oyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.



Saida Mirziyoyevaning bildirishicha, O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi.

“Uchrashuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirishini istardim”, deydi u.
Live
Barchasi