Saida Mirziyoyeva Savitskiy muzeyining yangi direktorini tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Nukusda joylashgan I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi direktorligi uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘alaba qozongan Tigran Mkrtichevni tabrikladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Muzeylar renovatsiya dasturiga muvofiq yaqinda Nukusda joylashgan I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda san’atshunoslik fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 20 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalar kuratori, muzey ishi sohasidagi xalqaro ekspert Tigran Mkrtichev g‘alaba qozondi.

На данном изображении может находиться: 1 человек, на улице

Ushbu muzey mamlakatimizdagi eng yiriklardan biri bo‘lib, haqli ravishda “sahrodagi Luvr” nomi bilan mashhur. Ushbu dargohda rus avangardiga mansub asarlarning ahamiyati va hajmiga ko‘ra jahonda ikkinchi sanalgan kolleksiya hamda Osiyo qit’asidagi eng namunali deb hisoblangan badiiy kolleksiya saqlanadi.

Muzeylarda rahbar lavozimlariga tayinlashda yangi - ochiq tanlov o‘tkazish amaliyoti qo‘llanayotgani alohida e’tiborga molik. Bunday muhim qarorlarni qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikka rioya qilinishi adolatli ravishda munosib nomzodni tanlashga xizmat qiladi.

Muzey faoliyatida yangi sahifa ochilayotganiga, uning noyob kolleksiyasi asrab-avaylab saqlanishiga xizmat qiladigan yangi taraqqiyot bosqichi boshlanganiga ishonchim komil.

Hurmatli Tigran Konstantinovichni tayinlov bilan muborakbod etib, muzeyni rivojlantirish yo‘lida muvaffaqiyatlar va yorqin ijodiy zafarlar tilab qolaman!”, degan Saida Mirziyoyeva o‘z tabrigida.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Tigran Mkrtichev

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing