Saida Mirziyoyeva Saudiya kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, 5 dekabr kuni Toshkentda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi raisi va “Vision Invest” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shadigan energetika, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, keyingi yillarda ishonchli rivojlanish sur’atlarini namoyish etayotgan Qoraqalpog‘istondagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 19 avgust kuni Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida tashkil etiladigan qiymati 250 million dollarlik 100 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimiga ega 200 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasining qurilishi boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Shavkat Mirziyoyev yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish hamda navbatdagilarini qurishga bag‘ishlangan tantanali marosimda qatnashib, unda yangi yilda Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonning 300 ta mahallasi hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari o‘rnatilishi haqida ma’lum qilingandi. Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda BAAning “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy, “Etihad Water & Electricity” kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali va “TAQA Water Solutions” kompaniyasi rahbari Ahmad al-Shamsiy ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing