Saida Mirziyoyeva Avstriya parlamentida kengash raislari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 iyun 623 1 daqiqa
Bugun, 1 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya parlamentida Federal kengash raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.



Uning bildirishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashilgan.



Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Avstriyaning Vena shahrida BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi