Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi 127 yillik tarixiy binoning asl ko‘rinishi saqlab qolinishini aytdi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2020
7920Toshkentdagi 127 yillik tarixga ega bo‘lgan Respublika bolalar kutubxonasi Ludi Architects arxitektura byurosi tomonidan ta’mirlanmoqda. Kecha, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Saida Mirziyoyeva ushbu kutubxonaga bordi.
Kutubxonani rekonstruksiya qilish, birinchi navbatda, inkluzivlikni joriy etishdan boshlanadi. Loyihaning asosiy maqsadi hammaga foydalanish imkoniyatini beruvchi kutubxonani yaratishdan iborat.
Odamlar o‘qishi, muloqot qilishi va madaniy dasturlarda ishtirok etishi uchun xona va o‘qish zallari tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. Bolalar uchun mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kovorking markazlari sifatida faoliyat olib boruvchi zallar yaratiladi. Shuningdek, foyeda ota-onalar kutubxonada tartibsizlik o‘rnatmasliklari uchun aravachalarni qoldirishlari mumkn bo‘lgan vending avtomatlari va maxsus burchaklar tashkil etiladi. Sanuzellarda ota-onalar yosh bolalarni bolalar xonasida qoldirishlari uchun ona va bola xonalari jihozlantiriladi.
Bundan tashqari, o‘quv zali sifatida doimiy ochiq bo‘ladigan kino namoyishlari va ma’ruzalar o‘tkazish imkonini yaratuvchi ko‘p funksiyali katta zal barpo etiladi. Shuningdek, oson o‘zgaruvchan mebel bilan jihozlangan o‘zgaruvchan konferensiya zali yaratiladi. Bu yerda mashg‘ulotlar va turli uchrashuvlar ham o‘tkaziladi. O‘zining asl qiyofasini saqlab qoladigan fasad binoning o‘zgarmas qismi bo‘lib qoladi.
O‘z navbatida, kitob to‘plami kengaytirilib, kitoblar sonini ikki barobar ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur loyihaning asosiy g‘oyasi kutubxonada o‘quv markazini tashkil etishdan iboratdir. Bu kutubxonani hamma uchun ochiq maydonga aylanishida keyingi qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Kutubxonaning bu modifikatsiyasi odamlarning qiziqishlari bo‘yicha yanada yaqinroq bo‘lishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘mak bo‘ladi.
Saida Mirziyoyeva ushbu kutubxona haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozarkan, ushbu loyiha g‘oyasi qalbiga yaqin ekanini aytadi.
“Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Mazkur loyiha metsenat sifatida ishtirok etib, katta yordam ko‘rsatayotgan saxovatli fuqarolarimiz ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda.
Bu g‘oya qalbimga juda yaqin, shuning uchun uni har tomonlama qo‘llab-quvvatladim va uni amalga oshirishda maksimal darajada yordam berishga harakat qildim.
Zamonaviy, texnologik kutubxonani yaratish bilan birga binoning tashqi ko‘rinishini saqlab qolish ham juda muhim edi. Arxitektura yodgorligi bo‘lgan ushbu binoni Toshkent aholisi juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun kutubxonani asl shaklida saqlab qolish biz uchun prinsipial masala edi, biz bunga alohida e’tibor qaratdik.
Respublika bolalar kutubxonasi bolalar va ularning ota-onalari uchun milliy va jahon madaniyati adabiy ijodining eng yaxshi namunalarini o‘zlashtirishga yordam beruvchi asosiy madaniyat o‘chog‘iga aylanishiga umid qilaman”.
Respublika bolalar kutubxonasining binosi, "Turkiston moderini"ning yorqin namunasi bo‘lib, u boy tarixga ega. 1893 yilda me’mor I.A.Markevich tomonidan qurilgan mazkur bino XX-asrning boshlarida Buxoro yahudiylari aka-uka Vadyayevlarga - bir paytlar Moskvadagi afsonaviy Metropol mehmonxonasiga egalik qilgan qo‘qonlik badavlat paxta sanoatchilariga tegishli edi. Keyinchalik majmuada Toshkent shahar Dumasi va Jamoat yig‘ilishi joylashgan bo‘lib, binoning turar joy qismi bolalar kutubxonasiga aylantirilgan.
Ludi Architects arxitektura byurosi 2005 yilda tashkil etilgan. Byuroning faoliyati me’moriy loyihalash, hududlar, madaniy va biznes ob’ektlari binolarining hududlarini tartibga solish sohasidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. O‘z faoliyati davomida kompaniya shaharlar va ob’ektlar hududlarini, jamoat joylari va ichki maydonlarini kompleks ravishda obodonlashtirish, muzeylar va ko‘rgazmalar tashkil etish bilan bog‘liq bir qator loyihalarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. "Proyekt Rossiya" jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya eng yaxshi yosh me’morchilik firmalarining TOP-10 talik qatoriga kirgan.
LiveBarchasi