Saida Mirziyoyeva ham Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 noyabr
4690Bugun, 1 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik”, deb yozdi Mirziyoyeva.
Shuningdek, muloqot davomida ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘lgan edi. Sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin ham Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgach, Saida Mirziyoyeva bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi