Safoyev JST Bosh direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
24 mart 2022
4371Kecha, 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Syanchen Chjan bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Sodiq Safoyev so‘nggi vaqtlarda mamlakatda olib borilayotgan o‘zgarishlar, xususan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, savdo-iqtisodiy jarayonlarni yanada faollashtirish, xorijiy investorlarni keng jalb etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, erishilgan natijalarga alohida urg‘u berdi.
Bu borada Syanchen Chjan O‘zbekiston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida tashkil etilgan mazkur uchrashuvidan juda ham mamnun ekanligini aytib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan bildirilgan takliflar JST tomonidan ma’qul ko‘rilgani, shu munosabat bilan universitet joriy yilda tanlangan 17 ta kafedralardan biri maqomini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Shuningdek, mazkur grand doirasida JST va universitet o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng Syanchen Chjan universitetda tashkil etilgan yuridik klinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbatlashgan.
LiveBarchasi