Sadir Japarov va MXDQ raisi sudga chaqirildi

Olam

image

Bishkekning Pervomay tuman sudi 2010 yil iyun oyida sodir bo‘lgan qonli voqealar bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rishda davom etmoqda. Bugun, 1 dekabr kuni sudga sobiq prezident Almazbek Atamboyev keltirildi. Sudga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Keneshbek Duysheboyev va Jalolobod viloyatining sobiq hokimi Bektur Asanov ham keltirildi. 

Sobiq davlat rahbari tartibni buzgani uchun sud zalidan olib chiqildi. 

Yig‘ilishda ayblanuvchi Keneshbek Duysheboyev Prezident Sadir Japarov, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev va parlamentning sobiq spikeri Talant Mamitovni guvoh sifatida sudga chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritdi. 

Bundan tashqari, Keneshbek Duysheboyevga ko‘ra, sud sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevsiz o‘tishi mumkin emas. Unga ko‘ra, agar sobiq Prezident ko‘rsatma bermasa, u ham bu huquqidan voz kechadi. 

Sudya Chingizbek Berdimuratov ayblanuvchining iltimosnomasini qisman qanoatlantirdi. Unga ko‘ra, sudga Sadir Japarov, Qamchibek Tashiyev va Talant Mamitov chaqiriladi. Ular guvoh sifatida so‘roq qilinadi. 

Chingizbek Berdimuratovning eslashicha, tergov jarayonida uchalasi ham so‘roq qilingan. Bundan tashqari, sobiq deputat Axmatbek Keldibekov sudga chaqiriladi. 

Qirg‘izistonda muvaqqat hukumat 2010 yil aprel voqealaridan keyin tuzilgan. Unga 14 kishi, jumladan, Roza Otunboyeva (MH rahbari), Almazbek Atamboyev (birinchi o‘rinbosar), Temir Sariyev va Azimbek Beknazarov (MH rahbari o‘rinbosari), Damira Niyozaliyeva (Sog‘liqni saqlash vaziri) kirdi. Emilbek Kaptagayev MH apparati rahbari edi.

2010 yilning iyun oyi Qirg‘izistonning janubida mahalliy qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro chiqdi. Ushbu nizo oqibatida 500 ga yaqin inson halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni mingdan, qo‘shni O‘zbekistonga qochib o‘tganlar esa yuz mingdan oshdi. Bundan tashqari 3,5 mingdan ortiq ko‘chmas mulk vayron qilindi. Shundan atiga 275 tasi davlatga tegishli, qolgan katta qismi esa mahalliy aholining boshpanasi edi. Ushbu statistika voqeaning ko‘lamidan dalolat: yongan uylar, qonga belangan qo‘llar, yaqinlaridan ayrilgan insonlar.

Iyun voqealari bo‘yicha jinoiy tergov 2021 yil aprel oyida qayta tiklangan. Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish” moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Muvaqqat hukumat mansabdor shaxslariga nisbatan 2010 yilning may-iyun oylarida respublika janubida fojiali oqibatlarga olib kelgan sabablardan biri – Qodirjon Botirovning mamlakatdan to‘siqlarsiz noqonuniy chiqib ketishiga ko‘maklashganlik fakti bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev Sadir Japarov

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing